SportUz.Net

Ien Gerri Maxachev va CHimaevni mag'lub etishga ishonmoqda

29.05.2025 17:30    


Rasmni yuklab olish

UFC reytingida 6-o'rinni egallab turgan irlandiyalik Ien Machado Gerri Islam Maxachev va Xamzat CHimaevni engishga qodir ekanini aytdi.

"Islam hozircha vaznga qaramasdan umumiy reytingda birinchi o'rinda. U yarim o'rta vaznga ko'tarilib, kamar uchun jang qilmoqchi. Agar u g'alaba qozonsa, men albatta u bilan jangni talab qilaman. CHunki men uchun eng yaxshi jangchiga qarshi chiqib, undan ustun kelib, kamarni qo'lga kiritish — eng katta orzu.

Xamzatga kelsak, u o'z ishida ajoyib. Lekin u hali mendek raqibga qarshi chiqmagan. Men qiyin sinovlarni yaxshi ko'raman. Uning erishgan natijalari men uchun katta motivaciya", — dedi Gerri Covers nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: