SportUz.Net

Engilmas Movsar Evloevning raqibi tasdiqlandi – jang 5 raundga mo'ljallangan!

24.05.2025 08:39    


Rasmni yuklab olish

Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Movsar Evloevning navbatdagi jangi tasdiqlandi.

U 26 iyul kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC on ABC 9 turniri doirasida UFC debyutanti Aaron Pikoga qarshi oktagonga ko'tariladi. Yarimengil vazn toifasi vakillari o'rtasidagi ushbu to'qnashuv besh raunddan iborat bo'lib, turnirning co-main event jangiga aylanadi. Movsar g'alaba qozongan taqdirda, yarimengil vazn chempionlik kamari uchun davogar aylanishi mumkin.  

Malumot uchun, 31 yoshli Movsar Evloev o'tgan yilning dekabr oyida UFC`dagi ketma-ket to'qqizinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. O'shanda u Aljameyn Sterlingni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. 28 yoshli Aaron Piko esa uchta g'alabali seriya bilan kelmoqda. Oxirgi jangini o'tgan yilning fevral oyida PFL va Bellator ligalarining qo'shma turnirida Genri Korralesga qarshi o'tkazib, raqibidan texnik nokaut evaziga ustun kelgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: