SportUz.Net

Menni Pakyao: "Keling, tarix yaratamiz"

22.05.2025 11:39    


Rasmni yuklab olish

8 ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan 46 yoshli filippinlik Menni Pakyao o'z sahifasida yangi post qoldirdi.

Unda WBC talqini bo'yicha yarimo'rta vaznida jahon chempionligi uchun joriy chempion Mario Barriosga qarshi jang uchun tayyorlangan rasmiy posterni joylashtirdi. 

"Men qaytyapman. 19 iyul kuni men MGM Grand (Las-Vegas) arenasida WBC chempioni Mario Barriosga qarshi ringga chiqaman. Keling, tarix yaratamiz!" — deb yozdi Pakyao.

Eslatib o'tamiz, Pakyao va Barrios o'rtasidagi jang 19 iyul kuni Las-Vegasdagi boks kechasining markaziy to'qnashuvi bo'ladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: