Islam Maxachev vakant qoldirgan engil vazndagi UFC kamari uchun Iliya Topuriya va CHarlz Oliveyr o'zaro jang o'tkazishadi. G'olib vaqtinchalik chempionlik kamari sohibiga aylanadi. Arman Carukyanning aytishicha, aynan shu turnir kardida uning Jastin Getjiga qarshi jangi belgilansa, mantiqan to'g'ri bo'lar ekan.
"O'ylashimcha, raqibim Getji bo'lishi kerak. Bu to'g'ri qaror bo'ladi. Oliveyra vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi, Pore Xollouey bilan BMF kamari taqdirini hal etishga urinib ko'radi. Getjida esa jang yo'q. Xalqaro janglar haftasi – men Getjiga qarshi! Balki, jarohat olgan jangchilarning birini almashtirarman. Tashkilotchilar Dariush - Moykano jangini ham kardga kiritishdi. Ammo, asosiy jangni himoyalash uchun men kabi katta nomdagi jangchi kerak", – dedi Carukyan.
Avvalroq, Carukyan Mateush Gamrotga qarshi revansh jangi o'tkazishdan bosh tortgandi. U ayni paytda greppling bo'yicha o'tkazadigan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Arman 31 may kuni Moskva shahrida tashkil etiladigan ADXC 10 turnirida sobiq Bellator chempioni Patriki Freyrega qarshi bellashuv o'tkazadi.