SportUz.Net

World Boxing Jahon kubogi. Yana 4 nafar bokschimiz finalga yo'l oldi

15.05.2025 23:12    


Rasmni yuklab olish

Polshaning Varshava shahrida boks bo'yicha Jahon kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Bugun kun davomida 6 nafar bokschimiz yarim final jangida ringga ko'tarildi. Ularning 4 nafari g'alaba qozonib, finalga yo'l olgan bo'lsa, 2 nafar bokschimiz musobaqani bronza medali bilan yakunlaydigan bo'ldi. Kechagi bahslarda ham bir necha bokschimiz final yo'llanmasiga ega chiqqandi.

-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Lunda Gantumur (Mo'g'uliston) - Mirzaxalilovning raqibi ringga chiqmadi. Bokschimiz avtomatik tarzda finalga yo'l oldi

-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Mishelt Battumur (Mo'g'uliston) - 5:0

-57 kg: Humorabonu Mamajonova - Esra Yildiz (Turkiya) - 4:1

-60 kg: Samandar Olimov - Mikele Baldassi (Italiya) - 2:3

-70 kg: G'ofurjon Tohirov - Cezariy Znamec (Polsha) 0:5

-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kayl SHav-Tullin (Angliya) 4:1



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: