"Oliveyra deyarli har bir jangda yiqiladi. Deyarli har bir jangda... Va biz Iliya raqiblarni sindira olishini bilamiz. Jay Herbert uni yiqitganini ham ko'rganmiz, lekin u jangga qayta olgandi. Bu uning engil vazndagi birinchi jangi edi.
Agar u Oliveyraga boshqalarga qilganidek zarba bera olsa, bu CHarlz uchun yomon oqshom bo'ladi. Iliya ikki vazn toifasida ham chempionga aylanadi", — dedi Sterling.
Eslatib o'tamiz, Topuriya va Oliveyra o'rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasdagi UFC 317 turniri doirasida bo'lib o'tadi.