Bugun ushbu turnirda yarim final janglari o'tkaziladi. Kun davomida 6 nafar bokschimiz final chiptasi uchun ringga ko'tariladi. Kechagi janglarda 3 nafar charm qo'lqop ustamiz final yo'llanmasini naqd qilgandi.
Juftliklar bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Lunda Gantumur (Mo'g'uliston) 16:30
-65 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Mishelt Battumur (Mo'g'uliston) 17:15
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Esra Yildiz (Turkiya) 20:45
-60 kg; Samandar Olimov - Mikele Baldassi (Italiya) 21:45
-70 kg: Gofurjon Tohirov - Cezariy Znamec (Polsha) 22:00
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Kayl SHav-Tullin (Angliya) 22:30
Janglarning birinchi dasturi Toshkent vaqti bilan 14:00 da, ikkinchi yarimi esa, 20:00 da start oladi.