SportUz.Net

Qozog'iston nega Polshadagi Jahon kubogida qatnashmayapti?

13.05.2025 09:03    


Rasmni yuklab olish

Qozog'iston Boks Federaciyasi (QBF) ijrochi direktori Rauan Igenev mamlakat bokschilari nega Polshadagi Jahon Kubogida ishtirok etmaganini izohladi.

— Hozir ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston asosiy tarkib bilan Polshadagi turnirga borgani, biz esa qatnashmaganimiz haqida muhokamalar ketyapti...

— Har bir jamoaning tayyorgarlik rejasi bor. Qaysi musobaqada qatnashish — har bir jamoaning o'z qarori. Bizda ham rejalar, maqsadlar, tayyorgarlik uslublari bor. Hech bir bokschimiz bekorchi emas — kimdir musobaqada, kimdir mashg'ulotda, kimdir yangi turnirga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'zbekistonning ham o'z rejasi bor. Har ikki jamoa o'rtasidagi to'qnashuv katta qiziqish uyg'otishi tabiiy. Lekin bundan shov-shuv chiqarish kerak emas. Polshadagi turnirda qatnashmadik degani - ochkolarimiz kamayib qoladi degani emas. Balki keyingi musobaqamizda O'zbekiston qatnashmas, hamma narsa bo'lishi mumkin. Har bir jamoa qaerda ishtirok etishni o'zi hal qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: