SportUz.Net

Doston Bozorov yoki Fazliddin Madrahimov? SportUz.Net jurnalistlari Octagon 72 markaziy jangiga taxmin bildirishdi

11.05.2025 23:06    


Rasmni yuklab olish

Toshkentdagi "Humo arena" inshooti MMA bo'yicha Octagon 72 turniriga mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning markaziy bellashuvida engil vazn toifasining o'zbekistonlik chempioni Doston Bozorov o'z kamarini Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimovdan himoya qilishga urinib ko'radi. 

SportUz.Net jurnalistlari ushbu jang haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

Kamoliddin Alimov (SportUz.Net bosh muharriri):

"Raqobatbardosh jang bo'ladi. Doston Bozorov o'z muxlislari oldida jang o'tkazadi. Unda imkoniyatlarni 55% ga 45 %, deb baholayman. Fazliddin ham tajribali. Har doim chempionga qiyin bo'ladi. Ayniqsa, o'zini muxlislari ko'z o'ngida. Taxminim Doston Bozorovning g'alabasi".

Aziz To'xtamurodov (SportUz.Net muharriri): 

"Doston Bozorov ishtirokidagi jang mazkur turnirdagi eng qiziqarli bahslardan biri bo'lishiga ishonaman. Tojikiston sharafini himoya qiluvchi Fazliddin Madrahimov ham o'zbekistonlik MMA muxlislariga yaxshi tanish. Nom jihatdan o'ziga jalb qiluvchi qarama-qarshilik. Sportchilarning xar ikkisi ham tajribali. Doston mazkur vazn toifasi chempioni. Demak, raqib o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal tarzda foydalanishga va kamarni tortib olishga urinadi. Taxmin: To'liq jang va Bozorovning g'alabasi".

Carvinoz Raxmonqulova (SportUz.Net jurnalisti):

"Madrahimov Bozorovni karerasidagi eng havfli raqib, deyishimiz mumkin. Tik turgan holda jang qilishsa, imkoniyatlar teng. Parterda ko'proq Doston nazorat o'rnatadi, deb o'ylayman. Har ikki jangchiga qiyin bo'ladi. Karimni yo'qotadigan narsasi yo'q. U ko'proq tavakkal qilsa kerak va o'sha tavakkal qilish jarayonida hamyurtimiz uni xato qilishga majbur qila oladi. Bozorov aqlli jangchi va yaxshi tayyorgarlik ko'rdi. Uni oldida kamarini himoya qilish, UFC'ga o'tish va Muhiddin Mamajonov uchun ham revansh olishdek muhim topshiriq turibdi. Umid qilamanki, Mamajonov — Madrahimovning dastlabki jangidagi kabi ko'ngilsizliklar bo'lmaydi. Vakilimiz jangni hakamlar qaroriga qoldirsa katta xato bo'ladi. Bahs to'liq davom etmaydi, kamar Toshkentda qoladi".

Diyorbek Mavlonov (SportUz.Net jurnalisti):

"Bilol va Maddalena o'rtasidagi jangga bildirgan taxminim to'g'ri chiqqandi:) Doston o'zbekistonlik MMA jangchilari orasida kam sonli har tomonlama imkoniyatlari yaxshi, ayniqsa, kardiosi kuchli jangchilardan. So'nggi bor men bunday fazilatni Bobur Qurbonovda ko'rgandim. Yani, bazi jangchilarimiz bor birinchi raundning o'zida bor kuchini ishlatib, uchinchi raunddagi sustlik tufayli mag'lub bo'ladigan. Bozorovda esa bunday emas yoki hozircha u etarlicha kuchli raqib bilan duch kelmadi. Fazliddin Madrahimov esa aynan to'liq davom etgan janglarda nima qilganini ko'rdik. Bu jangga taxmin bildirish juda qiyin. Ammo katta ehtimol bilan titul bahsi to'liq, 5 raund davom etsa kerak. Unda Doston Bozorovning g'alabasini kutaman va unga muxlislik qilaman".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: