Musobaqaning markaziy bellashuvida engil vazn toifasining o'zbekistonlik chempioni Doston Bozorov o'z kamarini Tojikiston vakili Fazliddin Madrahimovdan himoya qilishga urinib ko'radi.
Ikkinchi asosiy bellashuvda esa Amirxon Alixo'jaev braziliyalik Manuel dos Santos bilan to'qnash keladi. SHuningdek, musobaqa doirasida SHohasan Mirzamatov, Ahliddin Mirzadavlatov kabi sportchilarimiz oktagonga ko'tarilishadi.
Janglar 17:00 da boshlanadi. To'liq kard quyidagicha:
Asosiy kard:
Markaziy jang, engil vazn chempionligi uchun: DOSTON BOZOROV - Fazliddin Madrahimov (Tojikiston)
Engil vaznda: AMIRXON ALIXO'JAEV - Manuel dos Santos (Braziliya)
Kelishilgan vaznda: SHOHASAN MIRZAMATOV - Abilkassim Yakubov (Qirg'iziston)
Engil vaznda: HUSANBOY OTABOEV - Sayat Abduali (Qozog'iston)
Yarim o'rta vaznda: SAYDATXON NURIDDINOV - Emin SHarifov (Ozarbayjon)
Engil vaznda: AHLIDDIN MIRZADAVLATOV - Luchiano Palxano (Braziliya)
Engil vaznda: ASADBEK QOXOROV - Farhod Davlatov (Tojikiston)
Engil vaznda: OG'ABEK "SATURN" ABDUMO'MINOV - Marselen Kamate (Qozog'iston).
Prelim kard:
Yarim o'rta vaznda: AKRAMJON DO'SIMBOEV - JASURBEK O'RMONOV
Engil vaznda: ABDUMALIK YORBO'TAEV - Mixail Jumaev (Qozog'iston)
Eng engil vaznda: QAHRAMON TURSUNBOEV - Bekdaulet Korganbay (Qozog'iston)
Eng engil vaznda: ABBOS HAYDAROV - Dostonbek Mahammatjonov (Qirg'iziston)
O'ta engil vaznda: BEHRUZ ISROILOV - Artur Nurdunov (Qirg'iziston)
Yarim engil vaznda: Sayfulloh Mamasaidov (Qirg'iziston) - Nursultan Ospan (Qozog'iston)
O'rta vaznda: CHINGIZ TO'RAEV - ULUG'BEK RIXSIBOEV.
Amirxon Alixo'jaevning braziliyalik raqibiga qarshi jangi bir raund ham davom etmadi