SportUz.Net

UFC 315: Bilol Muhammad yutqazi, Valentina SHevchenkoda g'alaba va barcha natijalar bitta sahifada

11.05.2025 10:36    


Rasmni yuklab olish

Kanadaning Monreal shahrida UFC 315 turniri bo'lib o'tdi.

Kechaning markaziy jangida Bilol Muhammad yarimo'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini Jek Della Maddalenaga boy berib qo'ydi. Co-main event jangda esa Valentina SHevchenko ayollar o'rtasidagi o'ta engil vazn chempionlik kamarini Manon Forodan himoya qildi. 


Turnirda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Asosiy kard:

Markaziy jang, yarim o'rta vazn chempionligi uchun: Bilol Muhammad (AQSH, 24-3) vs Jek Della Maddalena (Avstraliya, 17-2) - Jek Della Maddalena ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Co main event, ayollar o'rtasida o'ta engil vazn chempionligi uchun: Valentina SHevchenko (Qirg'iziston, 24-4-1) vs Manon Foro (Franciya, 12-1) - Valentina SHevchenko ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Yarim engil vaznda: Joze Aldo (Braziliya, 32-9) vs Aymann Zaxabi (Kanada, 12-2) - Aymann Zaxabi ochkolar evaziga g'alaba qozondi;

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Aleksa Grasso (Meksika, 16-4-1) vs Natalya Silva (Braziliya, 18-5-1) - Natalya Silva to'liq davom etgan jangda ochkolar evaziga g'alaba qozondi; 

Engil vaznda: Benua Sen-Deni (Franciya, 13-3) vs Kayl Prepoles (Kanada, 18-8) - Benua Sen-Deni 2-raundda bo'g'ish usuli bilan g'alaba qozondi.


Prelim kard:

Yarim o'rta vaznda: Mayk Melott (Kanada, 11-2-1) vs CHarli Radtke (AQSH, 10-4) - Mayk Melott 2-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi;  

Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Jessika Andrade (Braziliya, 26-13) vs Jasmin Jasdavisius (Kanada, 13-3) - Jasmin Jasdavisius 1-raundda bo'g'ish evaziga g'alaba qozondi;

Yarim og'ir vaznda: Modestas Bukauskas (Litva, 17-6) vs Ion Kucelaba (Moldova, 19-10-1) - Bukauskas hakamlar qarori bilan g'alaba qozondi;  

Yarim og'ir vaznda: Navaxo Stirling (Yangi Zelandiya, 6-0) vs Ivan Erslan (Xorvatiya, 14-4) - Stirling hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi; 

O'rta vaznda: Mark Andre-Bario (Kanada, 16-9) vs Bruno Silva (Braziliya, 23-12) - Bario 1-raundda nokaut evaziga g'olib bo'ldi; 

Yarim engil vaznda: Daniel Santos (Braziliya, 11-2) vs Jeong Yeong Li (Koreya Respublikasi, 11-2) - Santos hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra g'alaba qozondi;  

Eng engil vaznda: Bred Katona (Kanada, 14-4) vs Bekzat Almaxan (Qozog'iston, 11-2) - Almaxan 1-raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: