SportUz.Net

Qazaqstan Barysy Grand Slam. Bugun og'ir vaznli dzyudochilarimizdan medal kutamiz

11.05.2025 09:33    


Rasmni yuklab olish

Qozog'istonning Ostona shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning uchinchi kungi bellashuvlari boshlanish arafasida.

Bugun Qazaqstan Barysy Grand Slam turnirining ikkinchi kuni og'ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Erkaklar o'rtasida -90, -100, +100 kg, ayollarda esa -78 va +78 kg vaznlarda g'olib hamda sovrindorlar aniqlanadi. 

Bugun 5 nafar dzyudochi-yigitlarimizga muxlislik qilamiz. Saralash bahslari soat 11:00da boshlanadi.  

Dzyudochilarimizning ilk davradagi bellashuvlari:

-90 kg: Azizbek Avazmurodov — Kim YU CHul (Koreya Respublikasi) 

-100 kg: Muhammadali Tangriev — Maks Gregori (Buyuk Britaniya)

-100 kg: Muhammadsodiq Sodiqov — Muhsin Malaev (Tojikiston)/ Bakjan Baytas (Qozog'iston)  

+100 kg: O'tkirbek To'raboev — Dai YU-Ming (Xitoy Taypeyi)/ Madi Yedilbaev (Qozog'iston)

+100 kg: Javohir Murodullaev — Ives Ndao (Belgiya)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: