Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasidagi britaniyalik taniqli charm qo'lqop ustasi Tommi Fyuri hamda bosniyalik Kenan Xanjalic o'rtasida kechadi.
Etiborlisi, mazkur turnir doirasida o'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Abdullaev ham ringga chiqadigan bo'ldi. 22 yashar hamyurtimizga o'sha kuni Gruziya vakili Irakli Alanidze (6-5-1) raqib bo'ladi.
Qizig'i, Abdullaev bundan oldin 26 aprel kuni ham jang o'tkazadi. SHohjahon Budapeshtdagi ilk bahsida venesuelalik Ivan Matyut (31-20-2) bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, SHohjahon prof boksdagi faoliyati davomida hozirgacha 3 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan. Hamyurtimizni yaqin ikki hafta ichida navbatdagi ikkita jang kutib turibdi.
CHempion SHakur Stivenson vaqtinchalik chempion Sepedadan biroz og'irroq tosh bosdi
UFC prezidenti Xabib - Makgregor jangiga tenglashadigan qarama-qarshilik qaysi ekanligini aytdi