SportUz.Net

Benavides Bivolning yana bir kamari uchun davogar

22.04.2025 18:24    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vazn toifasida (79,4 kg gacha) WBC kamari egasi bo'lgan amerikalik Devid Benavides Dmitriy Bivol uchun majburiy davogarlik maqomida qolmoqda, deb xabar berdi BoxingScene nashri.

Manba malumotlariga ko'ra, Benavides Bivol WBC kamaridan voz kechganidan so'ng unga avtomatik tarzda ega bo'lgan, shuningdek, rossiyalik bokschiga tegishli bo'lgan WBA kamari uchun ham davogarlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Benavides o'zining so'nggi jangini fevral oyida o'tkazgan va unda kubalik bokschi, WBA'ning "regular" chempioni sanalgan David Morrelni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.

Bivol yilning ikkinchi yarmida sobiq mutlaq jahon chempioni, vatandoshi Artur Beterbievga qarshi uchinchi jangini o'tkazishi kutilmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: