SportUz.Net

UFC 315 turniri uchun navbatdagi tomoshabop jang elon qilindi (POSTER)

15.04.2025 13:51    


Rasmni yuklab olish

11 may kuni Kanadaning Kvebek provinciyasi, Monreal shahrida navbatdagi raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.

Musobaqadan o'rin olgan yana bir bellashuv malum bo'ldi.

Unga ko'ra, engil vazn toifasida UFC reytingida 13-o'rinni egallab turgan Franciya vakili Benua Sen-Deni turnir doirasida ispaniyalik Yoel Alvares bilan bahs olib boradi.

Musobaqaning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Mumammad ishtirokida kechadi. Asli falastinlik, hozirda AQSH nomidan o'z janglarini o'tkazayotgan Belal UFC reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi.

Turnirning co-main event jangi esa ayollar engil (57 kg) vazn toifasi chempioni, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko hamda UFC reytingida ikkinchi pog'onadan joy olgan franciyalik davogar Manon Fioro o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: