"Javob aniq. Bu Entoni Joshua va Tayson Fyuri jangi. Lekin kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz", deya o'z fikrini bildirdi Joshuaning promouteri bo'lmish Xirn.
Uorren esa bunga quyidagicha munosabat bildirdi:
"Qo'shilaman. Muxlislar bu jangni ko'rishni istaydi. Britaniyalik muxlislar ham, boshqa boks muxlislari ham. Joshua va Fyuri nega ringda uchrashmaganini bilmayman. Bu holatda bizda hali shunday jang tashkil qilish imkoniyati bor. Fyuri oxir-oqibat baribir hovlisidagi maysani o'rishdan charchaydi", dedi Fyurining promouteri sifatida faoliyat yuritgan Frenk.