SportUz.Net

Bahodir Jalolov kechagi jangidan jarohat orttirib oldi (VIDEO)

06.04.2025 13:24    


Rasmni yuklab olish

Prof boksning super og'ir vazn toifasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik Bahodir Jalolov kecha navbatdagi jangini o'tkazdi.

30 yoshli hamyurtimiz Qozog'istonning Astana shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomi doirasida ukrainalik Igor SHevazuckiyga qarshi bahs olib borib, hakamlarning yakdil qarori evaziga jangda g'olib bo'ldi.

Jang yakunida tarqalgan videoga ko'ra, Bahodir bellashuvning ikkinchi raundida qo'lidan jarohat olgan.

Malumot o'rnida, kechagi bahs orqali Jalolov professional boksdagi 15-jangida 15-g'alabasini nishonladi. SHevazuckiy esa prof karerasidagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: