Tunda musobaqaning final janglari bo'lib o'tdi. Erkaklar o'rtasidagi bahslar 10 ta vaznda tashkil etildi.
Musobaqada O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu orqali vakillarimiz umumjamoa hisobida birinchi o'rinni band etishdi. Ikkinchi o'rinni mezbon Braziliya 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan egallagan bo'lsa, qo'shnilarimiz Qozog'iston 3 ta oltin (ikki erkak va bir ayol) va 3 ta bronza bilan kuchli uchlikka kirishdi.
Terma jamoamiz safidagi g'olib va sovrindorlar ro'yxati:
Oltin:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-75 kg. Fazliddin Erkinboev
-80 kg. Javohir Ummataliev
-90 kg. To'rabek Xabibullaev
+90 kg. Jahongir Zokirov
Kumush:
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg. Akmaljon Isroilov
Bronza:
-60 kg. Madiyar Daniyarov.