Kunduzgi dasturdan o'rin olgan final bellashuvlari yakuniga etdi.
Dasturning so'nggi jangi o'zbekistonlik To'rabek Habibullaev (-90 kg) hamda Angliya vakili Isaak Okox o'rtasida kechdi.
To'liq davom etgan jangda Habibullaev hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g'alaba qozonib, o'zi uchun yangi vazn toifasidagi ilk musobaqasida oltin medalga ega chiqdi.
Jahon kubogidagi oltin medallarimiz soni esa hozircha 3 tani tashkil etmoqda.
Xirn va Uorren super og'ir vazn toifasida eng ko'p ko'rishni xohlayotgan jangini aytishdi