Bu haqda MMAJunkie xabar berdi. Mazkur bahs aslida 17 may kuni o'tkazilishi kerak edi.
Malumot o'rnida, Gaziev og'ir vazn toifasida UFC reytingida 12, Spivak esa 7-o'rinni egallab turibdi.
35 yoshli SHamil 2023 yildan buyon UFC'da faoliyat yuritadi. Fevral oyida UFC Fight Night 250 turniri doirasida bo'lib o'tgan so'nggi jangida u amerikalik Tomas Petersenni nokaut qilgandi.
30 yashar Sergey Spivak esa so'nggi jangini yanvar oyida bo'lib o'tgan UFC 311da braziliyalik Jailton Almeydaga qarshi o'tkazib, TKO evaziga muddatidan oldin mag'lub bo'lgandi.