SportUz.Net

Saul Alvares boksdagi faoliyatini qachon yakunlashini aytdi

10.04.2025 18:00    


Rasmni yuklab olish

WBC, WBA va WBO yo'nalishlarida jahon chempioni Saul "Kanelo" Alvares faoliyatini yakunlash rejasi haqida gapirdi.

"Men boksda katta yutuqlarga erishdim. Barcha etakchi jangchilarga qarshi to'qnash keldim, turli vazn toifalarida chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdim. Pound-for-pound reytingida etakchi bo'ldim, yil jangchisi deb topildim. Agar pul haqida gapiradigan bo'lsak, ular xech qachon etarli bo'lmaydi. Lekin gap faqat pulda emas. Asosiysi — bu narsadan zavq olish.

Hozircha o'z ishimni davom ettiraman, lekin taxminan 37-38 yoshimda qo'lqoplarni mixga ilib qo'yaman", — dedi Kanelo TMZ nashriga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: