Kardining katta qismini meksikalik jangchilar tashkil qilgan UFC on ESPN 64 turniri ishtirokchilari rasmiy tarozidan o'tish hamda so'nggi face to face marosimlarida hozir bo'lishdi.
Oqshomning markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida sobiq chempion Brendon Moreno hamda kamar uchun sobiq davogar, avstraliyalik Stiv Erceg o'rtasida bo'lib o'tadi. Katta ehtimol bilan g'olib jangchi ushbu divizion chempionlik kamari uchun rasmiy davogarga aylanadi. Ikkala jangchi ham tarozida bir xil vazn qayd etishdi - 56,7 kg.
Faqat bir jangchi Ronaldo Rodriges belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va endi o'z gonorarining malum qismini raqibiga taqdim etadi. UFC`ning eng yosh jangchisi, meksikalik Raul Rosas Junior raqibi Vins Moralesdan 500 grammga engilroq tos bosdi - 61.2 kg.
Hamyurtimiz Ramazon Temirovga yutqazgan Si Jey Vergara ertangi jangda Edgar CHayrezga qarshi oktagonga chiqadi. Har ikki jangchi bir xil vaznga ega ekani oydinlashdi – 57.2 kg.
UFC on ESPN 64 turnirining tarozi natijalari:
Brendon Moreno (56.7 kg) – Stiv Erseg (56.7 kg)
Dryu Dober (70.3 kg) – Manuel Torres (70.8 kg)
Kelvin Gastelum (84.4 kg) – Jo Payfer (83.9 kg)
Vins Morales (61.7 kg) – Raul Rosas Junior (61.2 kg)
Devid Martines (61.2 kg) – Saymon Oliveyra (61.2 kg)
Kevin Borxas (56.7 kg) – Ronaldo Rodriges (57.6 kg)*
Prelim kar janglari
Edgar CHayrez (57.2 kg) – Si Jey Vergara (57.2 kg)
Ateba Gote (84.4 kg) – Xose Daniel Medina (84.4 kg)
Melkuizael Kosta (65.8 kg) – Kristian Rodriges (66.2 kg)
Lupita Godines (52.6 kg) – Juliya Polastri (52.6 kg)
Rafa Garsiya (70.3 kg) – Vins Pichel (70.8 kg)
Jamall Emmers (65.8 kg) – Gabriel Miranda (65.8 kg)
Ostin Xabbard (70.8 kg) – Markel Mederos (70.8 kg)
Kelayotgan yakshanba tongida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirining to'liq kardi bilan tanishing
Yirik turnir bo'lishi kutilayotgan UFC 320'ni qabul qiladigan mamlakat nomi aytildi