Bredi UFC London turnirida Leon Edvardsni texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
"Tabriklayman, SHon. Agar Usmanga bu jang kerak bo'lmasa, Bakli – Bredi jangiga nima deysan?" – deb yozdi amerikalik jangchi o'z hamyurtiga murojaat qilib.
Eslatib o'tamiz, Bakli 2024 yilning may oyida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboevga qarshi jang qilib, ochkolar evaziga g'alaba qozongandi. U ayni paytda yarimo'rta vazn toifasida 6-o'rinni egallab turibdi. SHon Bredi esa Ro'ziboevning jamoadoshi hisoblanadi.