SportUz.Net

Ankalaev: "Pereyra buyuk chempion, u bilan istalgan vaqtda revansh jangini o'tkazishimiz mumkin"

11.03.2025 10:18    


Rasmni yuklab olish

UFC chempioni Magomed Ankalaev sobiq raqibi Aleks Pereyraga murojaat qildi.

"Aleks, sen bilan oktagonni baham ko'rish men uchun sharaf edi. Sen ajoyib chempionsan. Jamoang va murabbiylaring ajoyib. Kel, istalgan vaqtda revansh jangini o'tkazamiz", deb yozdi Ankalaev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Magomed va Aleks o'rtasidagi jang 9 mart tongida Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 313 turniri doirasida o'tkazildi va unda rossiyalik sportchi ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: