«Haqiqat shundaki, u vazn haydashi qiyin. Bu sohada uzoq vaqt ishlaganingizda, muayyan jihatlarni tushunib boshlaysiz. Masalan, yuqori darajadagi jangchilar uchun uzoq muddatli faoliyat juda muhim. Gap Volkanovski, Maxachev, Oliveyra va boshqalar bilan raqobatlashadigan chempion haqida ketmoqda.
Biz dunyoning eng kuchli jangchilari haqida gapiryapmiz. Agar siz doim vazn haydashga majbur bo'lsangiz, bu MMAdagi faoliyatingizni bir necha yilga qisqartiradi. SHuning uchun Iliya uzoq faoliyatga intilyapti. U har safar taxminan 22,6 kg vazn tushirish kerakligini hisobga olib, engil vaznga o'tishga qaror qildi. Menimcha, Islam buni qabul qiladi. Biz chempionlik uchun kurashamiz, lekin bu masala bizning qo'limizda emas. Bu ularning qaroridan kelib chiqadi», — dedi Kava.