SportUz.Net

UFC sobiq chempioni 2025 yilda tashkil etilishi shart bo'lgan uchta jangni sanab o'tdi

10.03.2025 18:03    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning sobiq ikki karra chempioni Genri Sexudo 2025 yilda tashkil qilinishi kerak bo'lgan uchta jangni sanab o'tdi.

«Birinchi jang — Jon Jons va Tom Aspinall o'rtasida. Dana Uayt bu jang yozda bo'lishini aytdi. Lekin menimcha, uni noyabrda tashkil qilishadi. Bu odatda Jon jang qiladigan vaqt. Bu to'qnashuvni hamma ko'rishni xohlayapti.

Ikkinchi jang — Islam Maxachev va Iliya Topuriya o'rtasida. Odamlarning etibori juda tez pasayib ketadi. Iliya bu jangni etibor markazida ushlab turishi kerak. Topuriya Islamga qarshi qandaydir voqealar yaratish, turli gap-so'zlar qilishda davom etishi mumkin. Haqoratli gaplar aytib do'sti Merab Dvalishvili kabi shov-shuv yaratib, bu jangni yaxshigina sotishi lozim.

Uchinchi jang — Muhammad va Della Maddalena o'rtasidagi jang g'olibi SHavkat Raxmonovga qarshi», — dedi Sexudo.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: