Hamyurtimiz 27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida o'tkaziladigan professional boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni Abdumalikka Venesuela vakili Marlembron Akunya raqib bo'ladi. U prof boksda 25 ta jang o'tkazib, 13 ta jangda g'alaba qozongan, 11 marotaba mag'lub bo'lgan, 1 marta durang qayd etgan. Abdumalik esa prof boksda hozircha bitta jang o'tkazgan va raqibini nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Ushbu jang 6 raunddan iborat bo'ladi.
Abdumalik Xalokov shu kunlarda Bolgariyada o'tkaziladigan "Stranja" turnirida jang qilishi lozim edi. Ammo prof boksdagi ushbu jang sabab u "kichik jahon chempionati"da ishtirok eta olmaydi.