SportUz.Net

Bivol - Beterbiev trilogiyasi "Lujniki"da o'tkazilishi mumkin

24.02.2025 11:57    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik yarimog'ir vazn toifasi vakillari Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o'rtasidagi uchinchi jangning o'tkazilish ehtimoli oshdi.

Kecha Ar-Riyod shahrida o'tgan jangda kelib chiqishi qirg'izistonlik bo'lgan Dmitriy Bivol raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan edi. Bu bilan u ilk jangdagi mag'lubiyat uchun revansh olish barobarida 40 yoshli Beterbievga faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi. 

Bokschilar uchinchi jangga ham qarshi emas. Trilogiya Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda Xalqaro boks associaciyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov xabar berdi.

"O'ylashimcha, biz uchun uchinchi jang kerak. Ularning har ikkisi ham dunyoning eng yaxshi bokschilari. Trilogiyani 100 000 tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oluvchi "Lujniki" stadionida o'tkazishimiz kerak. Agar siz buni istasangiz, nech pul sarflashdan qati nazar, biz jangni Moskvaga olib kelamiz. Muzokaralarni ertagayoq boshlaymiz", – dedi Kremlyov.  

Kechagi g'alaba evaziga Dmitriy Bivol o'z qo'lida WBC, IBF, WBO, WBA, IBO va The Ring kamarlarini birlashtirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: