SportUz.Net

Ramzan Kadirov Beterbievning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi

24.02.2025 10:12    


Rasmni yuklab olish

CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov Ar-Riyod shahrida o'tkazilgan prof boks oqshomining markaziy jangi haqida gapirdi.

Yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan revansh maqomidagi ushbu jangda kamarlar sohibi bo'lib turgan Artur Beterbiev rossiyalik Dmitriy Bivolga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Artur chechenistonlik hisoblanadi.

"Ar-Riyodda o'tgan oqshom professional boks tarixidagi eng yorqini bo'ldi deyish mumkin. Bu jangni butun dunyo kutdi. Ikki bir-biriga teng raqiblar – Artur Beterbiev va Dmitriy Bivol ajoyib jang o'tkazib berishdi. Bu jang nafaqat kuchli bokschi nomini aniqlab berdi, balki ularning kuchli xarakter egalari ekanini ham amalda ko'rsatdi. Artur Beterbiev zamonaviy boksdagi dahshatli nokautchi hisoblanadi. 

Afus, endi uning ana shu nokautlari qatorida bitta mag'lubiyat ham bor. Ha, bu professional sport, unda shunday mag'lubiyatlar ham bo'ladi. Mag'lubiyatga qaramay, Beterbiev boks muxlislari uchun o'rnak bo'lib qolaveradi. Bitta oqshomdagi mag'lubiyat bilan chempion ruhiyatini sindirib bo'lmaydi. Ukam Arturga keyingi faoliyatida g'alaba va omad tilayman. Ishonchim komil, u albatta kuchli bo'lib qaytadi", – dedi Kadirov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: