SportUz.Net

Octagon 70. Aralash yakkakurash ustamiz chempionga qarshi oktagonga chiqdi

24.02.2025 08:30    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 70 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshom doirasida yarimo'rta vazn toifasi chempioni qozog'istonlik Georgiy "Ricar" Kichigin (31-11) hamyurtimiz Saidataxon Nuriddinov (6-1)dan kamarini himoya qildi. Birinchi raund Nuriddinov foydasiga hal bo'ldi. U hatto tajribali raqibini jeb zarbasi evaziga kichik nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. Ikkinchi raundda Kichigin jangchimizni uchburchak usulida bo'g'ib qo'ydi va kamarini muvaffaqiyati himoya qildi.

Aslida Georgiy Kichiginga qarshi SHohasan Mirzamatov jang qilishi kerak edi. Ammo taniqli aralash yakkakurash ustamiz jangga bir necha kun qolganida avtofalokat sabab jarohat olgan va buning natijasida turnir kardidan echilgandi. Liga SHohasanning o'rniga boshqa bir hamyurtimiz Saidataxon Nuriddinovni raqib sifatida bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: