SportUz.Net

Octagon 70. Kamil "Karate" - Erkebulan Toktar jangi biroz kutilmagan natija bilan yakunlandi

24.02.2025 07:51    


Rasmni yuklab olish

Kecha tunda Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 70 turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi qozog'istonlik Erkebulan Toktar hamda Tojikiston vakili Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) o'rtasida BMF kamari uchun o'tkazildi. Besh raundga mo'ljallangan jang to'rtinchi raundda to'xtatildi. Toktar zarbalar almashinuvi chog'ida raqibining chakagini sindirib qo'ydi. Natijada referi jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi. 

SHu tariqa, Erkebulan Toktar BMF kamarining ilk sohibiga aylandi. Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi faoliyatidagi 10-g'alabasini qo'lga kiritdi. Hisobida 3 ta mag'lubiyat bor. Qamariddin Hasanov esa uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. G'alabalarining soni 7 taligicha qoldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: