SportUz.Net

Bugun kichik jahon chempionati start oladi, ilk kunning o'zida ikki Olimpiada chempionimiz ringga chiqadi

24.02.2025 07:27    


Rasmni yuklab olish

Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha ananaviy “Strandja” xalqaro turniri boshlanadi.

O'z tarixida 76-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqa kichik jahon chempionatiga tenglashtiriladi. Turnirda dunyoning eng kuchli boks mamlakatlari qatnashadi, tabiiyki ular orasida O'zbekiston terma jamoasining to'liq tarkibdagi charm qo'lqop ustalari ham bor. 

Etiborlisi, bugun birinchi kungi bahslarning o'zida ikki nafar Parij-2024 Olimpiadasi chempionlarimiz - Abdumalik Halokov va Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev o'z yurishini boshlaydi. Ularning har ikkisi ham qozog'istonlik bokschilarga qarshi ringga ko'tarilishadi.  

Halokov bizning vaqt bilan soat 17:30da boshlanadigan jangda Serik Temirjanov bilan hisob-kitob qiladi. Mo'ydinxo'jaev soat 19:00da Torexan Sabirxanni sinovdan o'tkazadi. Yoshlar o'rtasida jahon chempioni Samandar Olimov irlanliyalik Adam Xessionga qarshi jang o'tkazadi.  



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: