SportUz.Net

SHohjahon Ergashev prof boksdagi navbatdagi jangini o'tkazdi

16.02.2025 10:45    


Rasmni yuklab olish

Kecha, 15 fevral kuni Farg'ona shahridagi "Samo" sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning markaziy jangida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi, IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev ugandalik Junju Pauerga qarshi ringga ko'tarildi. Yarimo'rta vazn toifasida 12 raund etib belgilangan jang 1-raunddayoq SHohjahon Ergashevning nokautli g'alabasi bilan yakunlandi. Raund mobaynida bokschimiz raqibini bir necha bor nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. 

SHu tariqa, SHohjahonning prof boksdagi rekordi 25-2 ko'rinishiga keldi. U 27 ta jangning 25 tasida g'alabaga erishgan (22 ta jangda g'alaba muddatidan oldin qo'lga kiritilgan). 2 ta jangda mag'lub bo'lgan (1 ta jangda muddatidan oldin taslim bo'lgan).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: