SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt: "Hech qachon nafaqaga ketmayman, o'lgunimcha UFC'ni boshqaraman"

05.02.2025 17:42    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt nafaqaga ketish haqida umuman o'ylamaydi.

"Siz juda ko'p pul ishlayotganingizda, atrofingizdagi barcha narsa o'zgaradi. Qanday sohada ishlamangiz, siz malum darajada muvaffaqiyatga erishasiz, siz har kuni rivojlanishda davom etish uchun o'zgacha odam bo'lishingiz kerak. 

2016 yilda kompaniyani sotganimizda 99 foiz odam meni nafaqaga ketadi deb o'ylagandi. Ammo men bunday odam emasman. Haligacha yangi brendlar yarataman va majburiyatim bo'lmagan ishlarni qilaman, ammo bu menga yoqadi. 

Hech qachon nafaqaga ketmayman. Ha, hech qachon. O'lgunimcha bu biznes bilan shug'ullanishda davom etaman", - dedi Uayt. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: