SportUz.Net
photo photo

Naoya Inoue bu yil hisobidan 3 ta jang o'tkazishini tasdiqladi + FOTO

04.02.2025 19:48    


Rasmni yuklab olish

Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni, yaponiyalik Naoya Inoue (29-0, 26 KO) 14 iyun kuni ringga qaytadi.

U shu kuni katta ehtimol bilan AQSHning Las-Vegas shahrida o'zi singari hali  mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan 24 yoshli meksikalik Alan Romero Pikassoga qarshi ringga ko'tariladi. Pikasso yosh bo'lishiga qaramay, prof ringda 32 ta jang o'tkazishga ulgurgan. Hisobida 31 g'alaba va 1 durang bor. Raqiblarini 17 ta jangda nokautga uchratgan.   

Naoe so'nggi jangini koreyalik E Jung Kim (21-3-2, 13 KO)ga qarshi o'tkazib, 4-raunddayoq raqibini mag'lubiyatga uchratgan edi. Yaponiyalik charm qo'lqop ustasi bu yil hisobidan ikkinchi jangini sentyabr oyida o'z vatanida o'tkazadi. Dekabrda esa Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan Riyadh Season turnirida ringga chiyadi. Aynan shu jangida u WBA kamari uchun majburiy davogar Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash kelishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: