SportUz.Net
photo photo

Dana Uayt Jon Jons va Tom Aspinall jangi yozda bo'lishi mumkinligini aytdi

01.02.2025 17:30    


Rasmni yuklab olish

UFC prezidenti Dana Uayt Jon Jons va Tom Aspinall jangi yozda bo'lishi mumkinligi haqida gapirdi.

«Jons va Aspinall jangi yozda bo'ladimi? 100%. Agar bu jangni tashkil etishni oxiriga etkaza olmasak, boshqa jang uyushtirishga harakat qilamiz va keyin yana bu to'qnashuv ustida ish olib boramiz. Kecha tonggi soat oltigacha matchmeykerlar bilan birga ishladik. Hozirda ko'plab katta rejalar ustida ishlayapmiz. Bu hozir tashkil etishimiz mumkin bo'lgan eng katta jang. Bilaman, muxlislar Jonsni tanqid qilishni yaxshi ko'rishadi, lekin bu yigit hech kimdan qo'rqmaydi va istalgan raqib bilan jang qiladi. Eng muhimi — bu ishni oxiriga etkazish. Bu bizning vazifamiz», — dedi Uayt.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: