SportUz.Net

Devin Xeyni va Rayan Garsiya bir oqshomda ringga ko'tariladi

18.01.2025 15:12    


Rasmni yuklab olish

Birinchi yarimo'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devin Xeyni hamda sobiq vaqtinchalik WBC kamari sohibi Rayan Garsiya ringga qaytmoqda.

Amerikalik bu ikki bokschi ishtirokidagi janglar may oyida Nyu-Yorkda tashkil etiladigan professional boks oqshomlarining birida bo'lib o'tadi. Xeyni birinchi yarimo'rta vaznda sobiq jahon chempioni Xose Ramires bilan hisob-kitob qilsa, Garsiya esa ushbu divizionning yana bir sobiq chempioni meksikalik Isaak Krusga qarshi ringga chiqadi.

So'nggi ikki yilda professional boksning eng katta homiysi va sarmoyadoriga aylangan Turki Al ash-SHeyxning aytishicha, agar Xeyni ham, Garsiya ham o'z janglarida g'alaba qozonishsa, u holda oktyabr oyida o'zaro ringda to'qnash kelishadi. Bu ular o'rtasidagi ikkinchi jang bo'ladi. 

2024 yilning aprelida o'tgan ilk bahsda Garsiya hakamlarning qarori bilan g'alaba qozongandi. U jang davomida bir necha bor Xeynini nokdaun holatiga tushirib qo'ygandi. Lekin keyinroq Garsiyaning ijoiy doping-tahlili sabab jang o'tkazilmagan deb topilgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: