Bu haqda MMA Fighting vaziyatdan xabardor bir qancha manbalarga tayanib xabar bermoqda. 2023 yil oxirida PFL Bellator egasiga aylangandi. SHuningdek, PFL bu yil formatini o'zgartirishi xabar qilingan. O'zgarishlar mukofot jamg'armasiga ham tasir qiladi: agar ilgari g'olib 1 million dollar olgan bo'lsa, endi u kutilganidek, 500 ming dollar ishlab oladi.
Takidlanishicha, Gran-pri avvalgidek bir necha vazn toifalarida o'tkaziladi, biroq endi guruh bosqichi bo'lmaydi. Turnirlar Olimpiya tizimi bo'yicha birinchi mag'lubiyatdan keyin musobaqadan chetlatiladigan holda o'tkaziladi.