- Islam va boshqa jamoadoshlaringning mashg'ulot lageriga boshchilik qilding. Sen aynan shunday bo'lishini istaganmiding?
- To'g'risini aytsam, yo'q. Menda reja boshqacha edi: bu erga oilam bilan kelish. Ammo bir oy qolganda barchasi o'zgarib ketdi. Avvaliga Islamning jangi belgilandi, keyin esa Umarning jangi elon qilindi, keyin Tagirniki. Men Islamning jangiga 3 hafta qolganida bu erga kelmoqchi edim, 6 yoki 7 hafta oldin emas.
- Faoliyating tugaganidan keyin senga shunday masuliyat tushishini bilganmiding?
- Buni to'g'ri qabul qilaman, ammo bu qadar qiyin ekanligini bilmasdim. Kurash tushib yurgan paytimda barchasi oson edi, men bo'layotgan ishlarni nazorat qilib turardim. Murabbiyning hayoti umuman boshqacha - chunki men faqatgina qafas tashqarisida turib maslahat berishim mumkin. Bu men uchun biroz noodatiy. SHuningdek kichik boshog'riq ham.