29 mart kuni Meksikaning Mexiko shahrida navbatdagi UFC turniri tashkil etiladi. Oqshomning markaziy jangi yarimengil vazn toifasida braziliyalik 30 yoshli Diego Lopes hamda UFC kamari uchun sobiq davogar, meksikalik 32 yoshli Yair Rodriges o'rtasida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Lopes o'zining so'nggi jangini 2024 yilning sentyabr oyida Brayan Ortegaga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan va g'alabali seriyasini 5 ta jangga etkazgandi. Rodriges esa o'tgan yilning fevral oyida aynan Ortegaga yutqazib qo'ygandi. Brayan uchinchi raundda Yairni bo'g'ib qo'ygandi. Bu meksikalikning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati bo'lgan edi.