"Men bir guruh yoshlar bilan mashg'ulot o'tkazaman, agar ular menga etib borishayotganini, ular mendan ustun ekanini his qila boshlasam, nega o'zimni qiynashim kerak? Bunday holatda men to'xtataman. Lekin bu narsani hozircha sezmayapman. Menimcha, men hozir o'syapman", dedi Maxachev.
Islam Maxachev navbatdagi jangini 19 yanvar kuni tongda UFC 311 turniri doirasida Arman Carukyanga qarshi o'tkazadi.