SportUz.Net
photo photo

O'tkazilishiga 9 kun qolgan UFC 311 turniri bekor qilinishi mumkin

10.01.2025 08:48    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, kelasi yakshanba tongida AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida 2025 yilning ilk raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tadi.

Okean ortidan kelayotgan so'nggi malumotlarga qaraganda, UFC 311 turniri o'tkazilmasligi yoki boshqa manzilga ko'chirilishi mumkin ekan. Bunga to'rt kundan beri davom etayotgan o'rmon yong'inlari sabab bo'lmoqda. Hozirgacha tabiiy ofat 5 kishining hayotiga zomin bo'lgani aytilyapti. Tilsiz yov 10 ming gektar maydonni qamrab olgan, minglab odamlar xavfsiz joylarga evakuaciya qilingan. 

Mingdan ortiq mamuriy hamda aholiy yashash uylari yonib kul bo'lgan. Milliondan ziyod kishi elektr energiyadan uzilib qolgan. Yong'in o'chirish uchun ishchi kuchi, texnika etishmayapti. SHu bois yordamga aviaciya ham jalb qilingan. AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden Italiyaga rasmiy safarini bekor qilib, favqulodda vaziyat rejimini joriy etgan. 

Mashhur kino, sanat, musiqa va televideniya yulduzlari istiqomat qiluvchi Santa-Monika va Malibu sohillari oralig'idagi Pasifik-Paliseyds tumani eng ko'p zarar ko'rgan hududlardan biri bo'lib turibdi. Los-Anjelesdagi yong'in AQSH tarixidagi eng kattasi bo'lishi mumkin. Hozirgacha bo'lgan hisob-kitoblarga tayanadigan bo'lsak, etkazilgan zarar 57 milliard dollarga baholanyapti.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: