- Muxlislar muntazam ravishda bizni O'zbekiston bilan taqqoslashadi. Osiyo chempionatida ular asosiy bo'lmagan tarkib bilan bizdan o'zib ketishdi. Bu fakt sizni havotirga solmayaptimi?
- Keling, terma jamoamizning so'nggi yillardagi Osiyo chempionati natijalariga nazar tashlaymiz. 2017 yili Toshkentda bo'lgan Osiyo chempionatida bizda 1 ta oltin bo'lgan, o'shanda O'zbekistondan 9 nafar chempion chiqqan. 2019 yili Tailandda Qozog'iston 2 ta oltin oldi. Ikki yil o'tib, BAAda bizda umuman oltin medal bo'lmadi. 2022 yili esa yigitlarni men bosh murabbiy sifatida olib bordim va biz uch nafar chempionga ega bo'ldik. Bu yil Tailandda biz 5 ta oltin medal qo'lga kiritdik. Bizda o'sish bosh deb hisoblayman. Avvaliga bitta, keyin ikkita, nol, uch va yana besh. Kelajakda faqat oldinga intilamiz.
Endi O'zbekiston bilan raqobatga keladigan bo'lsak. So'nggi Olimpiada va JCHlardan so'ng Osiyo qitasi etakchilik qilmoqda va bu borada O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'rinda. So'nggi Osiyo chempionatida ular faqat qozog'istonlik bokschilarga yutqazishdi. O'zaro qarama-qarshilikda hisob 6:6 bo'ldi. O'zbeklar asosiy tarkibda qatnashishmadi deyish noto'g'ri bo'ladi. Ular yaxshi bokschilar bilan kelishdi va ular oldida birinchi o'rinni olish vazifasi turgandi. Turnirda O'zbekiston chempiionatining ko'plab g'oliblari qatnashishdi", - dedi Satjanov.