Avvalroq Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov mamlakat har ikki tashkilotning jahon chempionatida qatnashishi haqida aytib o'tgandi.
Saytimiz jurnalisti, Sport Universal kanali muallifi Aziz To'xtamurodov bu borada O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboevga murojaat qildi.
"Malum bo'lishicha, mart oyida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning navbatdagi sessiyasi bo'ladi. Unda boksning Los-Anjeles Olimpiadasiga kirish masalasi xal bo'ladi.
O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi SHohid Tillaboevning kanalimizga malum qilishicha, XOQ tomonidan taqiq bo'lmagan taqdirda, O'zbekiston har ikki musobaqada (IBA va World Boxing tomonidan o'tkaziladigan JCHlarda) qatnashadi", - deyiladi kanalda.