O'sha kuni u qashqadaryolik Jasurbek "Tayson" Jo'raevni ilk raunddayoq qo'lini og'ritish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgandi. Odilxon "Tramplin" Kamolov Instgagramdagi jonli efirida Octagon ligasi bilan nechta jangga shartnoma imzolagani va gonorarlari haqida gapirdi.
"Octagon bilan 5 ta jang uchun shartnoma imzolaganman. Gonorarim 2,5+2,5 ko'rinishida. Yani, jang uchun 2500 dollar olaman. G'alaba uchun ham 2500 dollar beriladi. Kelishuvda trilogiya ham bor. Bu janglar uchun 3000+3000 ko'rinishidagi gonorarga kelishganmiz. Aytishim mumkin, Ligadagi eng katta gonorarni men olaman", - dedi Odilxon.
Qozog'iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekiston hozir birinchi raqamli"