SportUz.Net

Umar Nurmagomedov: "UFC 311'dan keyin meni "burgut" deb atashingiz mumkin"

06.01.2025 19:18    


Rasmni yuklab olish

UFC kamari uchun davogar Umar Nurmagomedov amaldagi chempion Merab Dvalishvilini mag'lub etsa, amakivachchasi Xabib Nurmagomedovning taxallusi bilan faoliyatini davom ettirishini aytdi.

"Xabibni "burgut" deyishadi, shunday emasmi? U mening katta akam. Men yoshroqman, meni "yosh burgut" deyishadi, lekin bu yoshga bog'liq emas, yangi avlod keldi. Ikkalamizni ham "burgut"lar deb atash mumkin. Xabib "keksa burgut" (kuladi). Siz meni "burgut" deysiz, uni "keksa burgut" deyish mumkin. Ishonamanki, 18 yanvardan keyin meni "burgut" deb atashingiz mumkin bo'ladi", dedi Nurmagomedov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: