Avvalroq Xabib Nurmagomedov Dog'iston havaskor MMA bo'yicha jahon terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishini aytgandi.
"Ovozingni o'chir, semiz. Sen ikki raundlik "professional" janglarda o'zingning suniy ravishda shishirilgan rekordingni yasab olding. Faoliyatingni yakunlaganingdan keyin oktagon tashqarisida turib gapirish oson. Bir marotaba qo'rqdingmi, demak oxirigacha qo'rqoq bo'lib qolasan", - dedi Toni.
Eslatib o'tamiz, UFC matchmeykerlari Xabib va Toni o'rtasida jang tashkil qilish uchun besh marotaba urinishni amalga oshirishgan, lekin hech biri samara bermagandi. Ikki bor Nurmagomedov, ikki bor Fergyusonning aybi bilan jang o'tkazilmay qolgan. Yana bitta jang koronavirus epidemiyasi sabab amalga oshmagandi.
Konor dog'istonlik MMAchilar manziliga qo'pol so'zlar aytib, odatiga ko'ra postni o'chirib tashladi
Carukyan Maxachev bilan jang haqida: "Bu jang borishini butunlay o'zgartirib yuborishi kerak"