SportUz.Net
photo photo

"Neyt Diaz eng qo'rqinchli ko'cha jangchisi"

30.06.2021 10:40    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jorj Sen-Perning murabbiyi Firas Zaxabi boshqa bir UFC afsonasi Neyt Diaz haqida fikr bildirdi.

"Agar Neyt Diazni vaqt chegarasi bo'lmagan jangga qo'yishsa, u 99% raqibini er tishlatadi. Neytni sabmishnda mag'lub etishning, nokautga uchratishning iloji yo'q. Bu yigit to'xtamaydi va faqat oldinga boradi. Neyt Diaz eng qo'rqinchli ko'cha jangchisi.

Agar siz u bilan ko'chada urishadigan bo'lsangiz, bu o'limli jang bo'ladi. Menimcha, agar Neyt Leon Edvards bilan vaqt chegarasisiz, oxirgacha jang qilganida, u albatta g'alaba qozonardi", - deydi Firas Zaxabi.

Eslatib o'tamiz, Neyt Diaz yaqindagina UFC'ga qaytgan va ochkolar hisobiga ko'ra Leon Edvardsga mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: