Filippinlik 46 yoshli afsona yarimo'rta vazn toifasida amaldagi WBC chempioni Mario Barriosni jangga chorladi. Bu haqda BoxingNews24 portali xabar berdi. Barrios shu yilning noyabr oyida Abel Ramosga qarshi ilk himoya jangini o'tkazgandi. Jang durang natija bilan yakunlangani bois, kamar amaldagi chempionda qolgan edi.
Menni Pakyaoning so'nggi rasmiy jangi esa 2021 yilning avgust oyida o'tkazilgan va o'shanda u kubalik Yordenis Ugasga hakamlarning qaroriga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Pakyao prof boksdagi faoliyati davomida 72 ta jang o'tkazib, 62 g'alaba (39 tasi nokaut bilan), 8 mag'lubiyat va 2 durang qayd etgan.