"Bizda XOQqa tashkilot sifatida hech qanday noroziligimiz yo'q. Faqat hozirgi rahbariyatga savollar bor - Tomas Bax va uning yugurdaklariga! Ular so'nggi vaqtlarda sportda siyosiy qarorlarni kuchaytirishdi. Sportchilar va Olimpiya harakatiga nisbatan noto'g'ri siyosatni olib borishda davom etishyapti.
Ishonamanki, yangi rahbariyat bilan bir to'xtamga kela olamiz. Eng kamida biz sportchilar manfaati yo'lida ochiq munosabatlarni davom ettiramiz", - dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.